Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdumalik Xalokov jahon chempionatidagi yurishini boshladi
12:30 / 2025-09-07

Angliyaning Liverpul shahrida joylashgan “Bank Arena” majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari g‘olibona yurishini davom ettirmoqda.

Musobaqaning uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar bokschisi ringga ko‘tarildi. Jumladan, Feruza Kazakova -51 kg. vaznda panamalik Yuliyett Xinestrozani 5:0 hisobida mag‘lub etdi. +80 kg. vazn toifasida esa Oltinoy Sotimboyeva ukrainalik Mariya Lovchinskaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan Sitora Turdibekova 4:1 hisobida ukrainalik Tetiana Dovxal ustidan zafar quchdi.  

Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Shavkatjon Boltayev -70 kg. vazndagi bokschilar o‘rtasida Shvetsiya sharafini himoya qilayotgan Kevin Skottni 3:2 hisobida yengdi. Amaldagi Olimpiya o‘yinlari chempioni Abdumalik Xalokov esa -60 kg. vazndagi janglarda turkiyalik Mehmetxan Chinarni katta ustunlik bilan taslim etdi.  

Bugungi bahslardan ham 5 nafar bokschimizning uchrashuvlari o‘rin olgan. Juftliklar bilan tanishing:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Pavan Bartval (Hindiston)  

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Nikodem Kozak (Polsha)  

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Boyana Goykovich (Chernogoriya)  

-70 kg Aziza Zokirova - Regina Lakos (Vengriya)  

-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -Jianxao Ju (Xitoy)  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA