Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdumalik Xalokov jahon chempionatida jangsiz g‘olib bo‘ldi
08:56 / 2025-12-07

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha IBA jahon chempionatining navbatdagi kunida terma jamoamizning uch nafar vakili muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqada vazni -75 kg bo‘lgan bokschimiz Fazliddin Erkinboyev ilk jangini Qirg‘iz Respublikasi vakili Sirgak Abdijapar uuluga qarshi o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu tariqa u keyingi davrada armanistonlik Vaxtang Arutyunyanga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Jahon chempionatining -60 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Abdumalik Xalokov va ekvadorlik Kevin Moskuyera o‘rtasidagi bahs raqibning vazn me’yorlarini bajara olmagani sabab o‘tkazilmadi va Abdumalik jangsiz g‘olib deb topildi. Endilikda u keyingi bosqichda Ispaniya yoki Esvatini bokschilaridan biriga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, vazni -54 kg bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari orasida ishtirok etayotgan Asilbek Jalilov turkiyalik Sadai Axskaliga qarshi jang o‘tkazib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA