Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdumalik Xalokov ham Olimpiada chempioni
01:12 / 2024-08-11

Boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, qit’a va jahon chempioni Abdumalik Xalokov Olimpiya o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarildi.

57 kilogrammgacha vazn toifasidagi so‘nggi hal qiluvchi final bahsida A.Xalokov qirg‘izistonlik Munarbek Seitbek Uluu bilan raqobatlashdi hamda g‘alaba qozondi. Abdumalik Xalokov o‘zining birinchi Olimpiya o‘yinlaridagi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Olimpiya o‘yinlarida medallarimiz soni 7 ta oltin, 1 kumush, 3 ta bronzaga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA