Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdumalik Xalakov Buxoroda tantanali kutib olindi (+video)
16:09 / 2024-08-17

Buxoroda Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib, boks bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan Abdumalik Xalakov tantanali kutib olindi.

Tantanada viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, Olimpiada chempionini hamda ishtirokchilarni samimiy tabrikladi. 

Shuningdek, viloyat rahbari yurtimiz bayrog‘ini jahon uzra baland ko‘taradigan mana shunday matonatli va vatanparvar farzandni tarbiyalagani uchun uning ota-onasiga alohida minnatdorlik bildirdi hamda chempion va uning murabbiyiga zarbof to‘n kiydirdi. 

[gallery-18777]

Chempion, uning ota-onasi so‘zga chiqib, Prezidentimizning sportga qaratayotgan e’tibori, Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng yoyish uchun sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdi. 

Tantanali tadbirdan so‘ng Abdumalik Xalakov o‘tirgan mashinalar korteji Buxoro shahar markazi tomon yo‘l oldi. Shahar ko‘chalarida ularni minglab sport muxlislari va buxoroliklar gullar, olqishlar bilan kutib oldi. 

–Davlat rahbari tomonidan sportga berilgan e’tibor natijasida bugun mana shunday g‘alabaga erishdik, –deydi Abdumalik Xalakov. –Bu g‘alaba nainki mening, balki yangi O‘zbekistonimizning katta yutug‘idir. E’tibor uchun, e’tirof uchun hammaga rahmat. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5BqcH_FkSyI" title="Abdumalik Xalakov Buxoroda tantanali kutib olindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (video,surat), O‘zA muxbirlari