Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulloh bin Bayya O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashdi
16:07 / 2023-03-16

Birlashgan Arab Amirliklarining Shariat fatvosi kengashi va Abu Dabi Tinchlik forumi raisi Abdullox bin Bayya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda “WAM” axborot agentligi ma’lum qildi.

Tadbirda fatvo berish bilan bog‘liq tartibsizlikni nazorat qilish, fatvoning voqelikka aloqadorligi modelini yaratish borasidagi sa’y-harakatlar haqida so‘z bordi.

M.Komilov BAA va O‘zbekiston munosabati so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilganini, kelgusida tajriba almashish, malaka oshirish orqali diniy va akademik hamkorlikni ham yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Muloqot yakunida Abdulloh bin Bayya delegatsiyamiz a’zolariga Tinchlik forumi va Islomiy fatvo kengashining qator nashrlarini taqdim etdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA