English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdullayev Abdug‘ani Xolmamat o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
09:29 / 2025-11-25

“Dinamik sistemalar trayektoriyalarini taqribiy hisoblash aniqligini baholovchi tengsizliklar” mavzusida

Abdullayev Abdug‘ani Xolmamat o‘g‘lining  01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha “Dinamik sistemalar trayektoriyalarini taqribiy hisoblash aniqligini baholovchi tengsizliklar” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 9-dekabr kuni soat 17:00 dagi onlayn majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 9-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.

Tel.: (99871) 207-91-40

e-mail: uzbmath@umail.uz