English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Tangriyev – Mustaqil Oʻzbekistonning ikkinchi oʻn yilligidagi eng yaxshi sportchisi
12:44 / 2020-08-19

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilgan edi.


Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilgan edi. Unga koʻra, dastlabki uch oʻn yillik uchun eng yaxshi sportchilar saralab olindi va nomzodlar roʻyxati ovoz berish uchun eʼlon qilindi.

15-19-avgust kunlari davom etgan tanlovda 2001-2010-yillardagi eng yaxshi besh nafar sportchimiz ovozga qoʻyildi. Jarayonda 3646 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi. Tanlovda surxordaryolik polvonimiz Abdulla Tangriyev 1636 ta ovoz (45%) toʻplab, birinchi oʻrinni egalladi. Erkin kurash boʻyicha Olimpiada chempioni Artur Taymazov esa 1456 ovoz (40%) bilan ikkinchi oʻrinni egalladi:

1. Abdulla Tangriyev – 1636 ovoz (45%)

2. Artur Taymazov – 1456 ovoz (40%)

3. Vadim Menkov – 211 ovoz (6%)

4. Server Jeparov – 195 ovoz (5%)

5. Yekaterina Xilko – 148 ovoz (4%).

Ertaga 2011-2020-yillar uchun eng yaxshi sportchi nomi uchun nomzodlar eʼlon qilinadi. Oʻz navbatida, Milliy olimpiya qoʻmitasi mazkur tanlovda ishtirok etganlarga tashakkur aytib, barchani kelgusi dasturlarda ham faol ishtirok etishga chorlab qoladi.

Maʼlumot uchun, Abdulla Tovashevich Tangriyev 1981-yil 28-mart kuni Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha Pekin – 2008 yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi. 2011-yil mutlaq vazn toifasida jahon chempioni, uch karra jahon chempionati sovrindori. besh karra Osiyo chempioni va yana kumush va bronza medallari egasi. Shuningdek, uch karra Osiyo oʻyinlari sovrindori.

Polvonimiz parallel ravishda oʻzbek milliy kurashi bilan ham shugʻullanib borgan va bir necha bor jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Abdulla Tangriyevning gʻalabalari yuksak baholanib, u davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali, “Oʻzbekistonda Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Eslatib oʻtamiz, dastlabki 10 yillik uchun oʻtkazilgan soʻrovnomada mashhur futbolchimiz Mirjalol Qosimov nomzodi gʻalaba qozongan edi.