Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Qodiriyni yod etib
16:03 / 2022-09-19

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “Abdulla Qodiriyning so‘nggi kunlari” mavzuidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Olimlar, yozuvchi va shoirlar, professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar hamda kursantlar ishtirok etgan tadbirda Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi, yoshlarga ibrat bo‘ladigan eng sara  asarlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida jonlarini fido qilgan ajdodlarimizni xotirlash, ularning hayot maktablarini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish muhim vazifalardan hisoblanadi. Mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish bilan bir qatorda, ularning faoliyati va boy ma’naviy merosini o‘rganish lozimligi hamda targ‘ib etish muhim ekanligi qayd etildi.

Tadbir so‘ngida Abdulla Qodiriy hamda jadidchilik maktabi adiblari qalamiga mansub kitoblar yarmarkasi tashkil qilindi.

 

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA