Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Qodiriy tavalludining 127 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
19:36 / 2021-04-05

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti tomonidan Abdulla Qodiriy tavalludining 127 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbek romanchiligining asoschisi xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, milliy adabiyot rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini ulug‘lash maqsadida tashkil etilgan tadbir avvalida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida buyuk yozuvchi haykali poyiga gul qo‘yildi.

Tadbirda Abdulla Qodiriyning boy ma’naviy ijodi, xususan, asarlari o‘quvchini vatanparvar qilib tarbiyalashi, millatni tanitishda katta hissa qo‘shishi haqida so‘z bordi.

Qayd etilganidek, Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyati davri keskin kurashlar, ta’qibu tahdidlarda o‘tdi. U 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi so‘roq-tergov, qiynoq, xo‘rlikdan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etilgan.

Tadbir doirasida bojxona instituti kursantlari Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldidagi muzeyga tashrif buyurdi. Muzeyda adibning hayot va ijod yillari xronologiyasi, qatag‘on yillari eksponatlari hamda mustaqillik yillarida yozuvchiga ko‘rsatilgan ehtirom aks etgan ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Bojxona instituti kursantlari zaldagi ulkan monitorda adib asarlari asosida suratga olingan «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» filmlari va boshqa kartinalarni tomosha qildi.

D. Mamatova, O‘zA