Abdulla Qodiriy – yorqin, barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi. Qodiriyning asarlari o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Abdulla Qodiriyning nashr etilmagan XX asrning yigirmanchi yillari yozilgan sahna asari asosida rejissyor Mark Vayl o‘zining Toshkentdagi Ilhom teatrida “Oppoq qora laylak” sahna asarini qo‘ygan.
Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil Toshkentda badavlat savdogar oilasida tug‘ilgan. Yoshlik va o‘smirlik yillardagi muhit – savdogarlar, boylar va kambag‘al dehqonlar, iqtidorli hunarmandlar, doim muhtojlikda kun kechiruvchi kosiblar va yersiz dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ushbu mehnatkash odamlar dunyosi, shuningdek, shahar ziyolilari bo‘lajak yozuvchi shakllanishida muhim o‘rin tutdi.
Abdulla yoshiligidan uzoq umr kechirgan (Qodir aka 102 yil umr ko‘rgan) va ko‘pni ko‘rgan otasining hikoyalarini tinglab o‘tirar edi, otasidan u adabiy faoliyatida as qotgan sezgir kuzatuvchanlikni meros qilib olgan. Uning otasi bog‘dorchilikni juda yaxshi ko‘rgan, shu sabab, Qodiriyning o‘zini bog‘bonning o‘g‘liman, degan fikrlarini uchratish mumkin. Abdulla Qodiriy avvaliga musulmon maktabida (1904-1906), keyin — rus-tuzem maktabida (1908-1912) o‘qib, muvaffaqiyatli yakunlaydi. 1912 yil kelib, Abdulla Qodiriyning nisbatan birinchi adabiy tarjribalari boshlanadi. O‘zining ilk nashr etilgan asarlarida – “Xotinboz” (1915) va “Baxtsiz kuyov” (1915) hikoyalarida eski o‘zbek turmushining chizgilari hajviyona ifodalangan. 1915-1917 yillar Qodiriy Abdul Qosim madrasasida arab va fors tillarini astoydil o‘rganadi. Yozuvchining inqilobdan avvalgi asarlarida jadidchilik ta’siri sezaladi.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni yorqin, barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi - Abdulla Qodiriy haqida. Ushbu videolavha Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti bilan hamkorlikda tayyorlandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/j-puKm70Srw" title="Abdulla Qodiriy : tarifi adib" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA