Abdulla Oripov yod etildi
FOTOREPORTAJ
Qarshi sharidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z shodiyonalari hamda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83-yilligiga bag‘ishlangan “Ona xalqim, jon-tanim manim, O‘zbekiston - Vatanim manim!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
[gallery-16541]
Dastlab yig‘ilganlar shoir haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Mehmonlar Abdulla Oripov muzeyini tomosha qildi. So‘ng maktab foyesida tashkil etilgan Abdulla Oripov asarlari, kitoblari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ishtirokchilar e’tiboriga shoirning hayoti va ijodi aks etgan videorolik namoyish etildi.
<iframe width="946" height="532" src="https://www.youtube.com/embed/UfVrYW5iZro" title="Abdulla Oripov yod etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA