Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Oripov hayot yo‘li aks etgan film taqdimoti o‘tkazildi
19:23 / 2021-08-25

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston Qaxramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovga bag‘ishlab suratga olingan film premerasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan suratga olingan film premerasida Yozuvchilar uyushmasi, shoirning oila a’zolari, institut professor-o‘qituvchilari hamda she’riyat muxlislari ishtirok etdi.

Tadbirda mazkur filmni suratga olishga bo‘lgan ehtiyoj, Abdulla Oripovning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi.

Filmning mazmuni yaratilishida Abdulla Oripovning zamondoshlari va hamkasblari, adibning oila a’zolari ham o‘z mehnatlarini ayamagan, hujjatli film Toshkent va Qarshi shaharlari, shuningdek, adib tug‘ilib o‘sgan Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida suratga olingan. Filmning respublika ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.

D. Mamatova, O‘zA