Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Avloniyning nabirasi bilim va tajribalarini bo‘lishish maqsadida O‘zbekistonga qaytdi
17:55 / 2026-02-06

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan va ma’rifat rivojiga xizmat qilayotgan tashabbuslar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qilmoqda.

Ana shunday tashabbuslarning natijasi sifati ulug‘ jadid va buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning nabirasi — professor Jamshid Avlonining o‘z ilmiy va amaliy faoliyatini aynan O‘zbekistonda davom ettirish qarori yorqin dalildir.

Professor Jamshid Avloni polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi bo‘yicha yetuk olim bo‘lib, 2015 yildan buyon AQSHdagi "ConTex LLC" kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 2018 yilda davlatimiz rahbarining ilm-fanga oid takliflariga javoban yurtimizga qaytib, o‘z bilim va tajribasini Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlashni maqsad qilgan. E’tiborlisi, olim o‘z faoliyatini davom ettirish uchun Olmaliq davlat texnika institutini tanladi.  

O‘zining aytishicha, institut magistrlari va talabalari uchun sanoatdagi innovatsiyalar yo‘nalishida ta’lim berishidan hamda zamonaviy laboratoriyalarda yoshlar bilan birgalikda ishlashidan mamnun.

Kimyo sohasidagi yirik ilmiy ishlari bilan tanilgan Jamshid Avloni Nobel mukofoti sovrindori Alan Makdiarmid bilan birgalikda ko‘plab ixtirolar ustida ishlagan. Uning O‘zbekistondagi faoliyati Vatanimiz yoshlari uchun katta ilhom va yangi imkoniyatlar manbai bo‘lishi shubhasiz.

M.Qosimova, O‘zA