English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Abduqodirov: Markaziy Osiyoda ochiq chegaralar va do‘stona siyosat yangi voqelik yaratdi (+video)
21:54 / 2025-12-23

Mintaqamizda “Yangi Markaziy Osiyo ruhi” shakllanayotgani bugungi kunda xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Yaqinda poytaxtimizda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 7-Maslahat uchrashuvida Ozarbayjon Respublikasi ushbu formatning doimiy ishtirokchisiga aylandi. Qolaversa, joriy yil 31 mart kuni Tojikistonda uch qardosh yurt yetakchilari ishtirokida “Xo‘jand deklaratsiyasi” imzolandi. Umuman, S5+ formati doirasidagi raqamli diplomatiya, iqlim o‘zgarishi, energetika siyosati kabi muhim masalalarga oid muloqotlar endilikda butun dunyo e’tibori markazida.

Qayd etish joiz, respublikamizda iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar va ayollar siyosatida muhim dasturlar hayotga tatbiq etilishi, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik mustahkamlandi, yangi ish o‘rinlari yaratildi, aholining turmush sifati va daromadi sezilarli darajada oshdi. Eng muhimi – fuqarolarimizning ertangi kunga ishonchi yanada ortdi.

O‘zA muxbiri “Dunyoga nazar” tahliliy dasturi orqali Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirovning mintaqadagi integratsiyalashuv jarayoni, shuningdek Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va joriy yil erishilgan muhim siyosiy-diplomatik yutuqlar xususidagi fikrlarini yozib oldi.

– Markaziy Osiyo birligi, mintaqa ruhi haqida qariyb o‘ttiz yildan beri gapiriladi, lekin aniq ishlar oxirgi sakkiz-to‘qqiz yilda amalga oshirildi, – deydi A.Abduqodirov. – Zero, bir paytlar yaqin qo‘shni davlatlar bilan, hatto, chegaralar minalangan edi. O‘zaro bori-keldi qiyin, viza tartibi amalda edi. Hujjatlarda chegaralar aniq belgilanmagani sabab, hududlar o‘rtasida turli tortishuvlar avj olgandi. Endilikda O‘zbekiston rahbariyatining siyosiy irodasi tufayli qo‘shni o‘lkalar bilan ochiq, ishonchli muloqot yo‘lga qo‘yildi, chegara muammolari bosqichma-bosqich hal etildi, vizalar bekor qilinyapti, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu  butun mintaqa barqarorligi va taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz siyosatida shunday aqida bor: qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak. Bizda shunga intilish juda yuqori. Aniqrog‘i, bunga erishdik, desak to‘g‘ri xulosa chiqargan bo‘lamiz.

Ko‘rsatuvning to‘liq shaklini O‘zA “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NkGmvteuPgA" title="Abdulla Abduqodirov: Markaziy Osiyoda ochiq chegaralar va do`stona siyosat yangi voqelik yaratdi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘.Alimov, I.Ismatov (videomuhandis), O‘zA