Abdulaziz Komilov Xorvatiya va Estoniyaning yangi tayinlangan elchilarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xorvatiya Respublikasi va Estoniya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchilari (qarorgohi Nur-Sulton shahrida) etib tayinlangan Refik Shabanovich va Toomas Tirsni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, elchilarni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli lavozimida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida O‘zbekiston – Xorvatiya va O‘zbekiston – Estoniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.
Mintaqadagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
G‘.Xonnazarov, O‘zA