Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulaziz Komilov “Markaziy Osiyo – AQSh” shaklidagi uchrashuvda ishtirok etdi
11:01 / 2019-08-22

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 21 avgust kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – AQSh” formatidagi uchrashuvning (“C5+1”) navbatdagi yuqori darajali uchrashuvida ishtirok etdi.


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 21 avgust kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – AQSh” formatidagi uchrashuvning (“C5+1”) navbatdagi yuqori darajali uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Beybut Atamkulov, Chingiz Aydarbekov, Sirojiddin Muhriddin, Rashid Meredov va AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Devid Heyl bilan birgalikda turli sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, jumladan, iqtisodiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash, mintaqaviy xavfsizlik, Markaziy Osiyoda va qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Samarqand shahrida 2015 yil noyabr oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi chog‘ida ish boshlagan “C5+1” formatidagi muloqot samarali maslahat mexanizmi sifatida amal qilayotganini ta’kidladi.

1908211933262890f.jpg

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mintaqada mutlaqo yangi ishonch muhiti shakllandi, mavjud muammolarga yechim topishdagi qarashlar umumiy xarakter kasb eta boshladi, savdo, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar aloqalar, chegara va mintaqalararo hamkorlik aloqalari faollashmoqda.

Tadbirda qayd etilganidek, Markaziy Osiyoda mintaqalararo hamkorlikni yanada kengaytirish, uni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish uchun zarur barcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish ishlari davom etmoqda. Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari aloqalarida ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch ustuvor o‘rin tutadi.

Mintaqa mamlakatlari va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari umumiy masalalarning birgalikdagi muhokamasi va turli masalalarni hal qilishda muhim o‘rin tutayotgan “C5+1” platformasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.

Shu kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev “C5+1” uchrashuvi ishtirokchi delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi.