French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduholiqov OCHL-2019ning ilk goli muallifi
16:59 / 2019-03-04

Onlayn. Bugun boshlangan OCHL-2019 bahslari hozircha mamlakatimiz chempioni Toshkentning “Lokomotiv“ klubi uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Andrey Fyodorov shogirdlari uchrashuvning 4-daqiqasidayoq hisobni ochdi.

Onlayn. Bugun boshlangan OCHL-2019 bahslari hozircha mamlakatimiz chempioni Toshkentning “Lokomotiv“ klubi uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Andrey Fyodorov shogirdlari uchrashuvning 4-daqiqasidayoq hisobni ochdi.

Sardor Mirzayevning burchakdan jarima maydoni tomon oshirgan toʻpini Anzur Ismoilov darvoza tomon yoʻnaltirdi. Himoyachiga tegib qaytgan toʻpni esa temiryoʻlchilar hujumchisi Temurxoʻja Abduxoliqov darvozaga joylab qoʻydi: “Lokomotiv“ - “Al Vahda“ - 1:0.

Hisob ochilganidan keyin ham maydon egalari oʻyin tizginini qoʻllarida ushlab turdi va bir necha bor raqib darvozasini ishgʻol etish uchun qulay imkoniyatga ega boʻlishdi. Ammo koʻplab vaziyatlarda “Lokomotiv“ futbolchilaridan omad yuz oʻgirdi, aks holda temiryoʻlchilar tanaffusga qadar hisobni yirik koʻrinishga keltirishi mumkin edi. Foylanilmay qolgan vaziyatlarda oxirida jamoaga pand bermasa boʻlgani.

Darvoqe, oʻtgan yili ham bu jamoalar guruh bosqichida toʻqnash kelishgan va oʻshanda “Lokomotiv“ futbolchilari yirik - 5:0 hisobida gʻalaba qozongan edi. Koʻraylikchi, bu safar ham temiryoʻlchilarga yirik hisobda gʻalaba qozonish nasib etarmikan.