“Abduhakim” brendi ostidagi kashtachilik namunalari xorijda xaridorgir
Kashtachilik – amaliy san’atning eng qadimiy sohalaridan bo‘lib, Namangan kashtachilik maktabi azaldan rivojlangan. Ushbu san’at an’analarini qayta jonlantirgan namanganlik Hakimjon Tojiboyev hozirgi kungacha 500 nafardan ziyod shogird tayyorlagan.
– Oilamiz uchinchi avlod atlas to‘quvchi hisoblanadi, - deydi hunarmand Hakimjon Tojiboyev. – Bundan yigirma yil avval diversifikatsiya qilib, kashtachilikni rivojlantira boshladik. Chunki, O‘zbekiston dunyoga yuz tutib, milliy kashtachiligimizga talab orta boshladi.
Hozirda ustaning “Abduhakim” brendi ostidagi ipakdan tayyorlangan noyob kashtachilik namunalari – nimcha, chopon, do‘ppi, ayollar sumkasi, jild, yelpig‘ich, oyoq kiyimlar dunyo bozorida xaridorgir.
[gallery-14123]
Hunarmand boshchiligida hudud xotin-qizlari kasanachilik asosida kashta tikish bilan shug‘ullanmoqda. Ular tayyorlagan mahsulotlar o‘ndan ortiq xorijiy davlatlarga eksport qilinayotir.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar