Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdug‘afur Sattarov kitoblari taqdimoti o‘tkazildi (+video)
21:06 / 2025-09-26

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdug‘afur Sattarovning “Ustozga ehtirom”, “Qadrdon kursdoshlarim”, “Ortda qolgan tahlikali kunlar”, “O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari va kafolatlari” kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur asarlar asosan O‘zbekistonda inson huquqlari, ta’lim masalalari va shaxsiy xotiralarga bag‘ishlangan.

"O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari va kafolatlari" kitobida inson huquqlarining huquqiy jihatlari va kafolatlari tadqiq qilingan bo‘lsa, "Ustozga ehtirom" va "Qadrdon kursdoshlarim" kitobida o‘qituvchi va kursdoshlarga bag‘ishlangan shaxsiy xotiralar va ta’lim sohasiga oid mulohazalar jamlangan. "Ortda qolgan tahlikali kunlar" kitobida muallif o‘tmishdagi voqealarga nisbatan xotiralari bilan o‘rtoqlashadi.

Kursdoshlar haqida yozilgan kitobda muallif talabalik yillarining oltin lahzalari, Toshkent Davlat universiteti yuridik fakul’tetini 1980 yilda tamomlagan kursdoshlari va ularning xizmat faoliyati haqida hikoya qiladi.

"Umrim kitobining zarvaraqlari" kitobi muallifning otasi Sattorov Hamid ota va onasi Sattorova Xonimoy onalarning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan. Shuningdek, Abdug‘afur Sattorov bu kitobda o‘zining sermazmun, ibratli hayoti, ichki ishlar organlarida xizmat qilish barobarida pedagogik faoliyat va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ullangani hamda shogirdlarga bilim bergan va xayotiy tajribasi orqali namuna bo‘lgan hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

Bu kabi kitob taqdimotlari yoshlar orasida vatanparvarlik hissini oshirib, bugungi tinch-osuda hayotimiz naqadar qimmatli ekanligini ko‘rsatib, kitobxonlar qalbidan joy olishiga ishonamiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rC6y5PU1oK4" title="Abdug‘afur Sattarov kitoblari taqdimoti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA