Abbosxonova Nilufarxon Abbosxon qizining siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Globallashuv davrida yoshlar migratsiyasi jarayonlari va uning ijtimoiy-siyosiy jihatlari” mavzusida
Abbosxonova Nilufarxon Abbosxon qizining “Globallashuv davrida yoshlar migratsiyasi jarayonlari va uning ijtimoiy-siyosiy jihatlari” mavzusidagi 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo‘yicha siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.Sc.23.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 16 noyabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil:100066, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 45-uy. 7-qavat, 701-xona
Tel.:(99871)232-60-47
e–mail: info@dba.uz