Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abbosbek Fayzullayev yana bir reytingda yetakchilar safida
17:37 / 2025-12-19

Dunyodagi eng yirik futbol transferlari haqida ma’lumot berib boruvchi “Transfermarkt” portali Turkiya Superligasida to‘p surayotgan MDH davlatlari vakillari orasidagi eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Mazkur ro‘yxatda “Trabzonspor” jamoasi a’zosi Arseniy Batagov 9 million yevro transfer bahosi bilan ligadagi eng qimmat MDH futbolchisi sifatida qayd etildi. Ikkinchi o‘rinni uning jamoadoshi va vatandoshi Aleksandr Zubkov egalladi.

O‘zbekiston futbol muxlislari uchun ahamiyatli jihati shundaki, milliy terma jamoamiz a’zosi Abbosbek Fayzullayev 7 million yevro ko‘rsatkich bilan mazkur reytingning kuchli uchligidan joy oldi. Shuningdek, Eldor Shomurodov 5 million yevro bilan beshinchi, Husniddin Aliqulov esa 1,5 million yevro transfer bahosi bilan sakkizinchi pog‘onani band etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA