French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abbosbek Fayzullayev "Vilyarreal"ga o‘tishi mumkin
10:47 / 2024-06-13

«SSKA» klubi safida 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist muallifi bo‘lgan va Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblangan Abbosbek Fayzullayevga Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan qiziqish kun sayin oshmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiya Premer-ligasida yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etayotgan Abbosbek Fayzullayevni bundan bir necha oy avval Germaniyaning «Bavariya» va Italiyaning «Parma» jamoalari kuzatib borayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, A.Fayzullayevga Ispaniya La Ligasi vakili "Vilyarreal" jiddiy qiziqish bildirmoqda va ushbu jamoa transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgani hamda bu masala iyun oyi oxirigacha hal etilishi haqida ma’lumotlar berilmoqda.  

Albatta, Abbosbekning o‘yin uslubi aynan ispan futboliga juda mos kelishi barchaga ma’lum. Shuningdek, uning o‘zi ham La Ligada o‘ynashni orzu qiladi. Shundan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, Abbosbek Fayzullayevning o‘zi ham «Vilyarreal»ga o‘tishga qarshilik qilmaydi.  

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA