Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abay Qoʻnonboyev yubileyiga munosib tuhfa
12:10 / 2020-08-11

Qozoq mumtoz adabiyotining asoschisi Abay Qoʻnonboyevning 175-yilligi keng nishonlanmoqda.


Qozoq mumtoz adabiyotining asoschisi Abay Qoʻnonboyevning 175-yilligi keng nishonlanmoqda.

Mutafakkir shoirning ijodi nafaqat qozoq xalqining, balki butun Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida yorqin sahifadir. Oʻzbek kitobxonlari uning asarlarini azaldan sevib oʻqishadi.

Prezidentimizning 2018-yil 13-martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish toʻgʻrisida”gi qarori xalqimizning qardosh qozoq xalqi adabiyoti, buyuk adibiga boʻlgan ehtiromning yorqin namunasi boʻldi.

Mazkur qaror adabiy jamoatchilik, adabiyotshunos olimlarning Abay ijodini oʻrganish boʻyicha izlanishlarida yangi sahifalar ochilishida muhim omil boʻldi.

Jumladan, yaqinda Toshkentdagi “Donishmand ziyosi” nashriyoti tomonidan Namangan Davlat universiteti professori Qodirjon Nosirovning “Mudroye slovo Abaya” (“Abayning dono soʻzi ”) nomli kitobi chop etildi. Ushbu nashr Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligi va “Ijod” jamoatchilik jamgʻarmasi homiyligida amalga oshirildi.

Taʼkidlash kerakki, Q.Nosirov avval ham Abay ijodi haqida bir necha maqola va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar eʼlon qilgan edi. Adabiyotshunos olim “Mudroye slovo Abaya” da mavjud manbalarga asoslangan holda, buyuk adibning qozoq adabiyoti va madaniyati tarixida tutgan oʻrni, uning adabiy merosining gʻoyaviy, estetik qiymati, oʻziga xosligi masalalari ustida fikr yuritgan.

Chunonchi, Q.Nosirov Abayning lirikasi, dostonlari va katta falsafiy-axloqiy ahamiyatga ega boʻlgan “Hikmatlar”ini tahlil qilar ekan, mazkur uch badiiy turga oid asarlar aslida gʻoyaviy yaxlit, monumental badiiy qiymatga ega boʻlgan ijod ekanligini aytadi. Epos va hikmatlar vatanparvarlik ruhidagi lirikada koʻtarilgan gʻoyalarni yana-da yorqinroq, chuqurlashtirib ochib berayotganligiga urgʻu beradi. Shu bilan birga, Abay Sharq dostonchilik anʼanalarini ham maʼlum darajada yangilaganligini taʼkidlaydi tadqiqodchi. 

Masalan, dunyoga mashhur “Xamsa”chilik anʼanasida Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) asosan ijobiy obraz sifatida namoyon boʻlsa, Abayning “Iskandar”ida zolimlik va ochkoʻzlik ramzidir. Muhabbatga bagʻishlangan “Masʼud” dostoni ham mazkur azaliy va abadiy mavzuni hech kutilmagan tarzda talqin etadi. Ayni paytda, olim shoir lirikasida koʻtarilgan mehr-muhabbat, insoniylik, burch, johillik, ochkoʻzlik, molparastlik kabi tushunchalar poema va nasihatlarda chuqurlashib, yorqinlashib borishini koʻrsatib bergan. Tahlil qilingan asarlardan chiqarilgan xulosalar yangiligi bilan eʼtiborga loyiq. Abayning chet tillarni va ona tilini oʻzlashtirishga doir fikrlarida ham bugungi kunda dolzarb boʻlib qolayotgan qirralari ochib berilgan.

Q.Nosirov kitobining yana bir eʼtiborli jihati shundaki, muallif qozoq adabiyoti va madaniyati rivojida Abayning tarjimonlik faoliyatining roli xususida oz boʻlsa-da, lekin taʼsirli fikr bildirgan. Shu bilan birga, muayyan misollar bilan Abay asarlarini rus va oʻzbek tillariga tarjimalarida uchraydigan nomunosibliklar haqida ishonarli xulosalar qiladi.