Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi kubok sohibi bo‘ldi
Andijon shahridagi “Limon arena” sport majmuasida davlat boshqaruvi hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha viloyat hokimi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada davlat boshqaruvi hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan iborat 10 ta jamoa o‘zaro bellashdi.
[gallery-141]
Murosasiz o‘tgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA