Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 17 nafar yurtdoshimiz O‘zbekistonga olib kelindi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar, Moskva shahridan 15 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizni charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.
Ana shunday toifadagi fuqarolarning bir guruhi Yekaterinburg, Qozon, Moskva, Boshqirdiston, Sankt-Peterburg kabi hududlardan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
Ta’kidlash joiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.