Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
938 ming 601 AQSH dollari miqdoridagi kredit qarzi qanday undiriladi?
10:19 / 2023-10-05

Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlariga keng yo‘l ochilib, ularga davlat tomonidan ishonch bildirilib, izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Shunday ekan, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslar hisob-kitoblarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa, belgilangan maqsadlarga erishish oson bo‘ladi. Biroq ayrim tadbirkor bildirilgan ishonchni noto‘g‘ri talqin qilmoqda. 

Jumladan, Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 22 sentyabrdagi qaroriga asosan «Asakabank» foydasiga «S.V.» MCHJning 938 ming 601 AQSH dollari kredit qarzini undirish belgilangan. Unda ishni garovga qo‘yilgan jamiyatga tegishli ko‘chmas mulklarga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Alohida muhim ishlarni ijro etish shu’basi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan. 

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga nusxalari yuborilgan. Ijro harakatlari davomida jamiyatga tegishli, garov mulki hisoblangan Issiqxona majmuasi kredit qarzdorligi evaziga xatlandi. 

Kelgusida ushbu issiqxona majmuasi elektron-onlayn auksion savdolarida sotilib, sotuvdan tushgan pullardan mavjud qarzdorliklar qoplanadi. 

Sherali Otaboyev, O‘zA