936 ta sub’ekt ijtimoiy soliq bo‘yicha 178,7 milliard so‘mlik imtiyozdan foydalangan
Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, sentyabr oyida 936 ta sub’ekt ijtimoiy soliq bo‘yicha 178,7 milliard so‘mlik imtiyozdan foydalangan.
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab klasterlar, to‘qimachilik va tikish-trikotaj sanoati korxonalari uchun uch yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Mazkur imtiyoz soliq hisobotini shakllantirish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llaniladi, ya’ni hisobchi tomonidan belgilanadi.
Joriy yilning sentyabr oyida mazkur sohada faoliyat yuritayotgan 936 ta korxona jami 178,7 milliard so‘mlik imtiyozdan foydalangan.
Soliq to‘lovchi imtiyozdan foydalanish yoki uni vaqtincha to‘xtatib turish huquqiga ega. Bu holat Soliq kodeksining 75-moddasida belgilangan.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA