Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
93 yoshda ham tolmagan bogʻbon bobo
07:30 / 2020-06-18

Surxondaryolik Nosir bobo Toʻraqulov Sariosiyo tumanining Toqchi qishlogʻida yashaydi.


Surxondaryolik Nosir bobo Toʻraqulov Sariosiyo tumanining Toqchi qishlogʻida yashaydi. Bu joylarga kelgan kishi albatta boboni yoʻqlashga, uning tabarruk duosini olishga oshiqadi.

Bobo bu yil 93 yoshni qarshi oldi. Lekin, keksaman demaydi, sira. Oʻz gʻayrat, shijoati bilan barchaga oʻrnak.

photo_2020-06-17_18-36-44.jpg

Otaxon 1981-yildan bogʻdorchilik ishiga kirishib, nihol yetishtirish bilan shugʻullana boshlagan. 1983-yildan oʻzi bogʻ tashkil etib, sarxil mevalar yetishtirishni yoʻlga qoʻydi. Bobo ayni paytda ham mehnatdan tolmagan. Tasarrufidagi 37 gektarirning 21 gektari lalmi yerlar, qolgan 5 gektari bogʻ, 11,6 gektari chorvachilik uchun ajratilgan. Lalmi bogʻlarda olma, anor, uzum, pista, oʻrik yetishtiradi. Oʻtgan yili bogʻdan 200 tonna hosil olgan bobo, joriy mavsumda undanda moʻl hosil olish taraddudida.

Nosir bobo mehnatlari samarasi 2003-yilda “Shuhrat” medaliga, 2011-yilda “Tashabbus” respublika tanlovida Prezidentimiz sovriniga sazovor boʻlgan. Nuroniy otaxon haqida qancha gapirmaylik, shuncha oz. Oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun ibrat boʻlayotgan otaxon yana ancha yillar yurtdoshlarimiz dasturxoniga shirin mevalarni yetkazib berish niyatida.

photo_2020-06-17_18-36-47.jpg