Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
91 milliard so‘mlik murojaat sudgacha hal bo‘ldi
15:42 / 2026-02-24

Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, soliq nizolari bo‘yicha 91 mlrd. so‘mlik 25 ta murojaatning bir qismi sudgacha yechildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 22 tasi soliq auditi bo‘yicha bo‘lib, 90,2 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha esa 3 ta murojaat – 0,8 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, 0,4 mlrd. so‘mlik 10 ta murojaat bo‘yicha soliq organlari tomonidan chiqarilgan qarorlar o‘z kuchida qoldirildi va murojaatchilarga belgilangan tartibda tushuntirishlar berildi.

Hozirda 90,6 mlrd. so‘mlik 15 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.  

Sudgacha bo‘lgan murojaatlarning asosiy qismi hali hal qilinmagan bo‘lib, 90,6 mlrd. so‘mlik murojaatlar o‘rganish davomida ekanligi, soliq tizimida yanada raqamlashtirish va samarali monitoringning zarurligini ko‘rsatadi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA