English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
91 mamlakatning ta’lim sohasi vakillari Toshkentda yig‘ildi
17:55 / 2025-11-12

Ayni kunlarda poytaxtimizda O‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi — PISA Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda 91 mamlakat vakillari ishtirok etmoqda.

Dunyo miqyosida ta’lim sifatini baholovchi eng yirik tuzilmalaridan biri hisoblangan PISA Boshqaruv kengashi yig‘ilishida ta’limni rivojlantirish strategiyasi, baholash uslubi va yangi konsepsiya loyihasi masalalari muhokama qilinadi. O‘zbekiston anjumanga mezbonlik qilish orqali mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga xalqaro e’tiborni kuchaytirish maqsadini ko‘zlagan. Shuningdek, bu amaliyot global hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida ham baholanmoqda. Ayni tashabbus OECD vakili, PISA asoschisi Andreas Shlyager tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, mutaxassis yurtimizga tashrifi davomida o‘qituvchilar bilan uchrashib, sohadagi ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholagan.

Umuman, O‘zbekiston 2030 yilgacha PISA tadqiqotida uzluksiz ishtirok etib, o‘z natijalarini muntazam yaxshilab borishni maqsad qilgan. Kelgusida mamlakatimiz PISA-2025, PIRLS-2026 va TIMSS-2027 tadqiqotlarida ham qatnashadi. Bu bizga ta’lim rivoji sur’atiini kuzatib, xalqaro mezon bilan solishtirish, islohotlarni ilmiy asosda amaliyotga yo‘naltirish imkonini beradi.

Musulmon Ziyo, O‘zA