Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
900 nafardan ortiq aholi yugurish musobaqalarida qatnashdi
10:45 / 2025-10-31

Chirchiq shahrida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yil xalq bilan” shiori ostida o‘tkazilgan marafon musobaqasi 900 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng yoyishga qaratilgan yugurish musobaqalarida mahalla faollari, talaba-yoshlar, turli tashkilotlarning xodimlari, faxriylar va maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

O‘n bitta yo‘nalishda kechgan ommaviy yugurish bahslarida Nasimbek To‘ychiyev, Bektosh Rahmatov, Sirojiddin Xushvaqtov, To‘lqin Xusenov, Ahmadjon Akbarov, Mirkomil Magrupov, Dilafruz Mirazimova, Mohigul Jo‘rayeva, Alyona Tunyan, Ulbolsin Kubeysinova, Zulfiya Qodirova g‘oliblikka erishdi.

Salomatlikni mustahkamlashga xizmat qilgan musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA