English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
90 million so‘mdan ortiq ish haqlari berilmayotgani aniqlandi
09:34 / 2022-10-17

Samarqand shahrida yashovchi 3 nafar fuqaro jami 90 million so‘mdan ortiq ish haqlarini ololmagani uchun adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “S.G.A.” korxonasi o‘z xodimi L.K.ning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini to‘lamagan. Ma’lum bo‘lishicha, xodim 74 million so‘mdan ortiq ish haqini ololmay sarson bo‘lgan.

Murojaat adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga ariza kiritildi. Sud O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 154-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining 171 hamda 172-moddalarini qo‘llab, xodimga to‘lanmagan ish haqi va boshqa to‘lovlarni undirish to‘g‘risida buyruq chiqardi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyat “Ya.H.K.M.” DUK fuqaro J.Sh.ga nisbatan shunday yo‘l tutgan. Ushbu masala sud tartibida ko‘rib chiqilib, fuqaroga 9 157 000 so‘m miqdorida qarzdorlik undirish belgilandi.

“Stomatologiya poliklinikasi” rahbariyati fuqaro O.A.ning 5 284 722 so‘mlik ish haqini to‘lab bermagan. Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan barcha murojaatlar sud tartibida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilindi.

O‘zA