Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 sport turiga Los-Anjeles o‘yinlari tarkibiga kirish uchun yo‘l ochildi
16:22 / 2022-08-04

Avtosport, kriket, kikboksing, karate kabi 9 sport turi 2028 yili AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘shilish imkoniga ega bo‘ldi.

Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatdi. Ushbu sport turlari mas’ullari joriy yilning so‘nggi oyida XOQga taqdim etilgan dasturni himoya qilishi talab etiladi.

XOQ axborot xizmati vakillari ta’kidlashicha, Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Los-Anjeles-2028 uchun avtosportning qaysi yo‘nalishini taklif etishi haqida gapirishga hali juda erta. Bu karting bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.

Boisi, karting 1900 yil Parij Olimpiadasidan o‘tkazila boshlangan, biroq keyinchalik texnik sport turlari vaji bilan tizimdan chetlatilgan. 2012 yil FIA rasman Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingach, avtosport osmonida ham olimpiya o‘yinlari epkini esa boshladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan sport turlaridan qaysilari Olimpiada dasturiga kiritilish masalasi kelgusi yil Hindistonning Mumbay shahrida o‘tadigan XOQ yig‘ilishida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Los-Anjeles Olimpiya o‘yinlari 2024 yil 14-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. 

T. Ro‘ziyev, O‘zA.