9-sinf o‘quvchilari uchun “Texnologiya” darsligi nashrdan chiqdi
Sirdaryo viloyatidagi maktablarning texnologiya fani o‘qituvchilari tender tanlovida 9-sinf uchun “Texnologiya” darsligini yozish huquqini qo‘lga kiritgan edi.
Sirdaryo viloyatidagi maktablarning texnologiya fani o‘qituvchilari tender tanlovida 9-sinf uchun “Texnologiya” darsligini yozish huquqini qo‘lga kiritgan edi.
“O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan mazkur darslik 7 tilda – o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz va turkman tillarida 580 ming nusxada nashrdan chiqdi.
– Shu paytgacha umumta’lim maktablarining 9-sinfi uchun “Texnologiya” darsligi yo‘q edi, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A.Abdurahmonov. – Mazkur fan o‘qituvchilari darslarni o‘zlari bilganicha o‘tardi. Guliston shahridagi 8-, Mirzaobod tumanidagi 15- hamda Yangier shahridagi 6-umumta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchilari Z.Sattorova, N.Ahmedova hamda N.Abdusalomovalarning muallifligida 9-sinflar uchun “Texnologiya” darsligi chop etildi.
Endilikda O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari mazkur darslik bo‘yicha saboq oladi.