Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 oyda 523,6 million dollarlik tashqi savdo bitimlari tuzilgan
10:35 / 2023-10-05

AOKAda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda amalga oshirilgan ishlarning 9 oylik yakunlari va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yil 9 oylik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 4 foizga o‘sib, 103,3 trillion so‘mni tashkil qildi. 

Tuzilgan bitimlarning qariyb 70 foizi birja savdolariga, qolgan qismi, ya’ni 30 foizi elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri kelgan. 

2023 yil yanvar-sentyabr oyida birjaning davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uzex.uz elektron savdo tizimida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 23 foizga oshib, 30,4 trillion so‘mni tashkil qildi. 

Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilar mablag‘larining tejalishi 35,4 foizga o‘sib, 5,2 trillion so‘mga teng bo‘ldi. 

2023 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali sotiladigan avtoraqamlarning boshlang‘ich narxlariga o‘zgartirishlar kiritildi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA