Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 oy yakunlari sarhisob qilindi
11:07 / 2022-09-29

bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini aholiga shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimisiz tasavvur etish qiyin. Aholi salomatligini asrash, tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarining o‘rni nihoyatda katta.

RSHTYOIM Sirdaryo filialiga joriy yil 9 oyi mobaynida qilingan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilishlaricha filialga 9 oy mobaynida 32 ming 456 nafar bemor murojaat qilgan. Shundan 11 ming 103 nafariga markaz xodimlari tomonidan statsionar yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, 3 ming 289 nafar bemorda jarrohlik amaliyotlari, shundan 874 nafarida esa yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan.

– Yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarining 63 tasi Respublikamizning yetakchi markazlaridan kelgan ilmiy xodimlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialining mahalliy mutaxassislari bilan hamkorlikda, mahorat darslari tarzida tashkil etildi, – deydi filial direktori Sanjar Xudoyberdiyev. – O‘t tosh kasalliklarida, qon ketishlarda endoxirurgiyaning diagnostika va kaminvaziv jarrohlik amaliyoti sifatida qo‘llanilishi davolanish jarayonlarini qisqartirib, bemorlarning erta oyoqqa turishiga, neyroxirurgiya va travmatologiya sohalarida tayanch harakat tizimidagi jarohatlarni rentgen kontrol ostida jarrohlik amaliyotlarni bajarilishi natijasida bemorlarning o‘z mehnat faoliyatlarini erta muddatlarda tiklanishiga sabab bo‘lmoqda.

Aholidan tez tibbiy yordam chaqiriqlarini 103 yagona qisqa telefon raqamiga qabul qiluvchi Call-markaziga 2022 yilning 9 oyi mobaynida 293 ming 265 ta tez tibbiy yordam chaqiruvi kelib tushgan bo‘lib, shulardan 285 ming 976 nafar bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi,7289 ta chaqiriqqa esa Call-markazining yetakchi shifokorlari tomonidan telefon orqali zarur maslahatlar berildi.

Viloyat hududidagi aholi sonining oshishi natijasida joriy yilda Boyovut tumani "Yangi avlod" mahallasining oilaviy poliklinikasi, Guliston shahar tez tibbiy yordam bo‘limlariga 1 tadan jami 2 ta tez tibbiy yordam brigadalari, tez tibbiy yordam avtomashinasi ajratib berildi va zarur tibbiy jihozlar bilan jihozlandi. Bu yil viloyatga 5 ta zamonaviy Volkswagen sady avtomashinalari keltirildi. Ayni vaqtda ular aholi xizmatida. Bu esa tez tibbiy yordam sifati oshishida muhim rol o‘ynamoqda.

Tadbirda istiqboldagi rejalar ham belgilab olindi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA