Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 oy davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 milliard so‘mdan ko‘p moddiy zarar yetkazilgan. Bu avvalgi yillarga nisbatan ko‘pmi?
12:05 / 2020-11-19

Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, 2020 yilning 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami 838 ta korrupsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan sudlarga yuborilgan 454 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2020 yilning 9 oyi davomida aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, ya’ni 261 nafar shaxs (40,3%) ni JK ning 167-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan mansabdor shaxslar tashkil qilgan.  

Shuningdek, JK ning 168-moddasi bilan 116 nafar shaxs, 184-moddasi bilan 68 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 56 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 24 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 9 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 15 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.  

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi.  

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi bo‘yicha tahlil natijalari ko‘ra, 7 nafar hokim o‘rinbosarlari, 1 nafar prokuratura, 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, 13 nafar Majburiy ijro byurosi, 1 nafar adliya, 59 nafar IIV xodimi, 6 nafar DSQ xodimi, 1 nafar bojxona, 2 nafar Milliy gvardiya, 3 nafar Mudofaa vazirligi, 57 nafar sog‘liqni saqlash vazirligi, 8 nafar bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 15 nafar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 89 nafar xalq ta’limi vazirligi, 36 nafar maktabgacha ta’lim vazirligi, 34 nafar bank rahbarlari, 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.  

Eslatib o‘tamiz, 7 noyabr kuni O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilishda O‘zbekistonda o‘tgan ikki yilda 1 ming 986 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qilgan edi.  

Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 2 trillion so‘mdan oshgani aytilgan.

“O‘tgan ikki yilda respublika bo‘yicha 371 milliard so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlanib, bu qilmishlar uchun 2 ming 477 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan”, — degan edi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.  

Korrupiyaga qarshi kurash agentligi xabarida esa 2020 yilning 9 oyi davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 milliardan so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgani aytilmoqda. Bu esa bu kabi jinoyatlardan ko‘rilgan ziyon miqdori oshganini ko‘rsatadi.