“Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turnirida bugun, 19 aprel kuni so‘nggi hal qiluvchi final janglari bo‘lib o‘tadi. Quvonarlisi, unda 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Final janglarida vazni -50 kg. bo‘lgan hamyurtimiz Gulsevar G‘aniyeva KXDR vakili Xyan Su Kong bilan raqobatlashsa, -75 kg vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Zokirova belaruslik Alina Veberga qarshi jang o‘tkazadi.
Turnirning vazni -86 kg. bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi final jangida o‘zbek bokschilari derbisi bo‘lib o‘tadi. Unda Shohjahon Abdullayev va Nusratbek Tohirov o‘zaro to‘qnash keladi.
Shuningdek, kun davomida quyidagi bokschilarimiz oltin medallar uchun kuch sinashadi:
-75 kg: Nurislom Ismoilov - David Ayvazyan (Rossiya)
-80 kg: Rahmatilla Boymatov - Mixail Usov (Rossiya)
-60 kg: Shohrux Abdumalikov - Nikita Kosman (Rossiya)
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Radna Tsibikov (Rossiya)
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Ivan Stupin (Rossiya).
Ma’lumot o‘rnida: Xumorabonu Mamajonova, Rashida Tagirova, Aysanem Saruarova, Faryozbek Do‘smatov, Sanjar Vahobov va Adhamjon Muhiddinov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz o‘z vaznlarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA