Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 nafar bokschimiz jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi
10:07 / 2025-12-11

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tayotgan IBA jahon chempionatining chorak final bosqichi yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etib, ulardan 9 nafari yarim finalga yo‘l oldi. Jumladan, Asilbek Jalilov (–54 kg), Abdumalik Xalakov (–60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (–67 kg), Fazliddin Erkinboyev (–75 kg), Arman Maxanov (+92 kg), Hasanboy Do‘smatov (–51 kg), Xo‘janazar Nortojiyev (–57 kg), Javohir Ummataliyev (–80 kg) va To‘rabek Habibullayev (–92 kg) kabi charm qo‘lqop ustalarimiz final ostonasida jang qiladigan bo‘ldi.

Bu natija orqali O‘zbekiston jahon chempionatida yarim finalchilar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yarim finalga eng ko‘p bokschi bilan yo‘l olgan terma jamoa Rossiya bo‘lib, ular 13 nafar bokschi bilan ushbu bosqichda ishtirok etsa, Qozog‘iston termasining 6 nafar vakili kamida bronza medalini naqd qildi. Armanistonlik 5 nafar charm qo‘lqop ustasi final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA