Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 ming 494 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi – “O‘zenergoinspeksiya”
11:27 / 2023-11-21

“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati ma’lum qilishicha, joriy yilning shu vaqtiga qadar inspeksiya tomonidan iste’molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 9 ming 494 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazilgan.

Ekspertiza xulosasiga asosan 6 ming 753 ta iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulangan.  

Shu bilan birgalikda, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”  aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 2 ming 961 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari kelishilgan. Ulardan 518 ta ob’ektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi  

O‘zA