French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 ming 387 ta maktabda darslar an’anaviy, 717 tasida masofaviy shaklda boshlandi
14:12 / 2023-01-23

Bugun, 23 yanvar kuni respublikaning barcha umumta’lim maktablarida o‘qish jarayonlari boshlandi. Sinf xonalarda havo haroratini me’yor darajasida saqlash imkoniyati bo‘lmagan maktablarda esa o‘quv jarayonlari vaqtincha masofaviy shaklda olib borilmoqda.

Hududlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda 10 ming 104 ta maktabdan 9 ming 387 tasida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda, 717 tasida masofaviy shaklda amalga oshirilmoqda.    

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar, hududiy hokimliklar, kommunal xizmati tashkilotlari bilan birgalikda ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida bo‘lgan maktablarni ham an’anaviy shaklga o‘tkazish choralari ko‘riladi.  

 

O‘zA