Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9 may Ukrainada Yevropa kuni, deb e’lon qilindi
16:32 / 2023-05-08

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 9 mayda Yevropa kuni nishonlanishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘z idorasi saytida e’lon qilingan farmonda aytib o‘tgan.

“Xalqimizning yevropacha o‘ziga xosligini anglagan holda, Ukrainada har yili 9 may kuni YeI mamlakatlari bilan birgalikda nishonlanadigan Yevropa kunini belgilashga qaror qildik”, – deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, mazkur qaror “Yevropa xalqlari birligini mustahkamlash”, shuningdek, “Yevropa qit’asida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash” maqsadida qabul qilingan.

Bundan tashqari Oliy Radaga 8 mayni Xotira va Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan g‘alaba qozonish kuni etib belgilash taklif qilingan qonun loyihasi taqdim etilgan. 2015 yildan beri 8 may Ukrainada Xotira va yarashish kuni –  deb nishonlanadi. Shu tariqa mamlakat G‘arbiy Yevropa odati bo‘yicha fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlash an’anasiga qo‘shildi. 9 may G‘alaba kuni bayram bo‘lib qoldi, ammo davlat darajasidagi asosiy rasmiy tadbirlar 8 mayga ko‘chirildi.