Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
9-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:52 / 2024-03-08

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 9-mart kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-9, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 22-24 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 22-24 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-3, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 

Muhim hodisalar 

8-14-mart kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 

O‘zA