Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
88 ta mahalladagi 27 261 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi
16:34 / 2023-01-26

Mamlakatimizda 25 yanvar kuni elektr stansiyalar orqali 230 million 800 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Iste’molchilarga 228 million 700 ming kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Energetika vazirligi Matbuot xizmati bosh mutaxassisi Obidjon Dilmurodov 25 yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.  

– Gaz ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarga 148 million 700 ming metr kub tabiiy gaz va 2200 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi, – dedi O. Dilmurodov. – Hozirda hududlarda 3 ming 200 tonna suyultirilgan gaz hamda 23 ming 500 dona gaz ballon zaxirasi mavjud. Iste’molchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida 5 ming 700 tonna mahalliy ko‘mir hududlardagi omborlariga ortib yuborildi. Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.  

Respublika hududlari bo‘ylab elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etib borilmoqda. Zarur chora sifatida respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida bir yarim soatdan ikki soatgacha cheklovlar kiritildi.  

Ko‘rilgan choralar natijasida elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarning 95 foizini bartaraf etildi. Gaz tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi ko‘tarilishi natijasi 1 kunda 88 ta mahalladagi 27 261 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi.  

bugungi kunda Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrining ayrim xonadonlarida gaz bosimini me’yorga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.  

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA