Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
860 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi
17:18 / 2024-02-27

Buxoro viloyatida noqonuniy mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi.

Departament hamda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida fuqaro A.Z. qonunga xilof ravishda mayning ferma faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. U o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 10 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 531,4 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada fuqaro Sh.Sh. o‘z uyida 5 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 328,7 million so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri