Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
854 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi
14:49 / 2023-06-20

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda caylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish, Prezident saylovini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, saylovga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar, Prezident saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va OAV vakillarini akkreditatsiya qilish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug saylov komissiyalari raislarining axborotiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlisda Saylov kodeksiga binoan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.    

— Muddatidan oldin ovoz berish 2023 yil 28 iyun kuni boshlanib, 2023 yil 5 iyul kuni yakunlanadi, — dedi MSK kotibiyati rahbari X.Mamatov. — Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.  

Yig‘ilishda Prezident saylovini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalarining bu yo‘nalishdagi qator vazifalari belgilab berildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.  

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Majlisda murojaatlar bo‘yicha ko‘rilgan choralar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, qaror qabul qilindi.    

Muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi MSKning qarori bilan 39 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan qabul qilingan qarorga muvofiq, 300 nafar mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiya qilindi. Umumiy hisobda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining soni 854 nafarni tashkil etmoqda.  

Shuningdek, majlis davomida Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan 7-Samarqand, 6-Namangan, 12-Xorazm, 5-Navoiy hamda 10-Toshkent viloyat okrug saylov komissiyasi raislarining axborotlari tinglandi.  

Ta’kidlanganidek, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish borasida okrug saylov komissiyalari tomonidan qonunchilikka muvofiq barcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.    

Majlis yakunida barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.    

Muhtarama Komilova, O‘zA