Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
85 yoshli rassom ko‘rgazmasi
14:27 / 2025-11-05

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Yanis Kiriakidisning "...Men yana do‘stlar orasidaman. 85 yoshda" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda rassomning linogravyura va ksilografiya yo‘nalishidagi eng sara ishlari namoyish qilindi.

Tadbirda qayd etilganidek, rassomning asarlari ko‘plab mamlakatlardagi turli muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi. U turli mamlakatlardagi tanlovlar va ko‘rgazmalarda ko‘plab diplom va medallar bilan taqdirlangan. U 1959 yildan beri gazetalarda o‘zining yozgan she’rlari va chizgan rasmlarini nashr etib keladi. Uning she’rlar to‘plamlari Rossiya va Gretsiyada nashr etilgan.  

"Sayyoh ziyoratchining tavba-tazarrusi", "So‘nggi Apostol", "Ruhlar vodiysi", "Teatr mavsumi", "Gunohkorlar jannati", "Dingo itining onasi" va "Shamning e’tirofi" kabilar shular jumlasidan.

Ko‘rgazma joriy yilning 13 noyabrigacha davom etadi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA