828,1 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «M-s.» MCHJ rahbari B.E. tegishli tartibda ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan, Namangan shahri, «Lola» MFY hududidagi omborxonada O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlangan, davlat reyestrida qayd etilmagan umumiy bahosi 828,1 mln. so‘m bo‘lgan 659 turdagi jami 220 308 dona dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi.
Ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib, «Namangan dori-darmon» AJga qarashli maxsus omborga saqlash uchun topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA