Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan
10:07 / 2025-10-18

Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda 43 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo‘mita tomonidan 28 ta masala ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 15 ta masala kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga bag‘ishlandi. Ular orasida, Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlar talablariga rioya etilishi, bank va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirqin qurollarni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid masalalar muhokama qilindi.

Prudensial talablarga rioya etmagani va qonunchilikda belgilangan qoidalarga amal qilmagani sababli 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkiloti kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirildi.

Bundan tashqari, 8 ta bankka nisbatan jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalarini buzgani hamda bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi qonunbuzarliklar uchun jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Bunga o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida va ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar, shuningdek, bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish yo‘nalishida qonunchilik talablariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan.

Xabarda mazkur banklar nomi keltirilmagan.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA