Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qaysi hududlar aholisi sartaroshxona va go‘zallik salonlari uchun ko‘proq mablag‘ sarflashi aniqlandi.
Unga ko‘ra, 2025 yil yanvar-avgust oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlarining hajmi 8,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 11,1 foizga oshgan.
Hududlar kesimida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlarining hajmiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bunda Toshkent shahri 1,4 trillion so‘m bilan yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, sartaroshxona va go‘zallik salonlari uchun 8 oyda Farg‘ona viloyati 1,1 trillion so‘m, Samarqand 1 trillion, Namangan 885,3 milliard, Toshkent 819,1, Andijon 516,2, Qashqadaryo 492,5, Xorazm 399,1, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 379,7, Surxondaryo viloyati 281,4, Buxoro 264,1, Navoiy 257,6, Jizzax 171,4 hamda Sirdaryo viloyati aholisi 110,1 milliard so‘m mablag‘ sarflagan.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA